Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sun’iy intellekt rivojida kim oldinda? Yevropa yoki Amerika?

Sun’iy intellekt rivojida kim oldinda? Yevropa yoki Amerika?

Foto: Adeptik

Yevropada sun’iy intellekt sohasida rekord darajadagi yuqori malakali mutaxassislar borligi ayon bo‘ldi.

Atomico tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, Yevropa mintaqasida hozirda AQShdan ko‘ra ko‘proq sun’iy intellekt bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar yashaydi. Buning asosiy sababi sanoatning jadal rivojlanishidir. So‘nggi o‘n yil ichida sun’iy intellektni o‘rganish bilan shug‘ullanadiganlar soni ming foizga oshdi.

"Bugungi kunda Yevropa texnologik muhiti pandemiya boshlanganidan beri barqarorroq ko‘rinadi", dedi Atomico vakili Tom Vemayer. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropada sanoatning umumiy barqarorligi mintaqaga bu borada AQShdan oldinga o‘tish imkonini berdi.

So‘nggi besh yil ichida Yevropada IT-mutaxassislar soni 750 mingdan 2,3 milliontaga ko‘paydi. 2023-yil oxirigacha milliard dollarlik kapitallashuvga erishadigan yetti kompaniyadan to‘rttasi sun’iy intellektni o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Bular – DeepL, Helsing.ai, Synthesia, Quantexa.

Shunga qaramay, AQShda IT-startaplar uchun yanada qulayroq moliyaviy shart-sharoitlar saqlanib qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring