Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nega Alexa virtual yordamchisi mashhurlarning ovozidan mahrum bo‘ldi?

Nega Alexa virtual yordamchisi mashhurlarning ovozidan mahrum bo‘ldi?

Foto: Habr.com

Amazon kompaniyasi o‘zining Alexa virtual yordamchisida mashhurlarning ovozidan foydalanish imkoniyatini o‘chirib qo‘yganini e’lon qildi.

Ilgari kompaniyaning aqlli dinamiklari Shakila O‘Nil, Melissa Makkarti va Samuel L.Jeksonning ovozida gapirar edi. Amazon mashhurlarning ovozi uchun sarflangan pullarni foydalanuvchilarga qaytarishga va’da berdi.

Veb-saytda aytilishicha, Amazon Samuel L.Jekson ovozi bilan kelasi haftada, Melissa Makkarti va Shakila O‘Nilning ovozi bilan esa sentyabr oyida xayrlashadi.

Ma’lumot uchun, Alexa virtual yordamchisi 2019-yildan buyon mashhur kishilarning ovozidan foydalanib keladi.

Yana shuni ham aytish joizki, funksiyaning o‘chirib qo‘yilishi sababi Amazondagi ommaviy ishdan bo‘shatish bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin. Boisi kompaniya yaqinda Echo dinamiklarini loyihalash va ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan xodimlarni ishdan bo‘shatdi.

Bundan tashqari, mashhur ovozli yordamchi funksiyasi litsenziyalash xarajatlarini qoplash uchun unchalik ham talab qilinmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring