Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Midjourney neyrotarmog‘i endi qulay veb-talqinga ega

Midjourney neyrotarmog‘i endi qulay veb-talqinga ega

Foto: Midjourney

Midjourney ancha ommalashgan tasvir yaratish vositasi, ammo uning Discordga asoslangan interfeysini o‘rganish oson emas. Tez orada vaziyat ijobiy tomonga o‘zgaradi: neyrotarmoq dasturchilari xizmatning vizual onlayn versiyasini ishga tushirishdi, ya’ni har bir toshpiriqni dastur kodi ko‘rinishida yozishni talab qilmaydi.

Tasvir generatorining veb-versiyasi grafik sozlamalar elementlari qo‘shilgan minimal interfeysga ega. Masalan, tasvirning matn tavsifiga -ar 4:3 parametrini qo‘shish o‘rniga foydalanuvchi sozlamalar menyusidagi “4:3” belgisini bosish kifoya. Ushbu yondashuv neyrotarmoq xizmatidan foydalangan holda tasvirlarni yaratish jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi.

Bundan tashqari, onlayn generatorda ilgari yaratilgan rasmlarni xronologik tartibda ko‘rish bilan galereya funksiyasi mavjud. Tezkor qidiruv paneli, shuningdek, boshqa foydalanuvchilarning ishini kalit so‘zlar (masalan, stimpank) yordamida ko‘rish imkonini beradi. Nihoyat, yorug‘lik va qorong‘i interfeys dizaynini tanlash uchun saytga kalit qo‘shildi.

Midjorney veb-versiyasini loyihaning rasmiy veb-saytida ko‘rishingiz mumkin. Hozirda u alfa-test rejimida va faqat xizmatning Discord versiyasida 10 000 dan ortiq tasvir yaratgan foydalanuvchilar uchun mavjud. Pulli obuna hali ham talab qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring