Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevroparlament sun’iy intellektni tartibga solish uchun ovoz berdi

Yevroparlament sun’iy intellektni tartibga solish uchun ovoz berdi

Foto: Rbc.ru

Yevropa parlamenti sun’iy intellekt bilan bog‘liq qonun loyihasini ma’qulladi. Uning vazifasi xavfli ko‘ringan sun’iy intellektdan foydalanishni cheklashdan iborat.

Xususan, qonun loyihasida yuzni tanish dasturiy ta’minotidan foydalanishni cheklash taklif qilingan. ChatGPT kabi sun’iy intellekt tizimlarini ishlab chiquvchilardan neyron tarmoq modellarini shaffof holga keltirish talab etiladi.

Qonun loyihasining ma’qullanishi uni qabul qilish yo‘lidagi birinchi qadamdir. Hujjat 2023-yil oxirigacha tasdiqlanishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring