Yangi yil archasi raketa kabi uchdi

Muhandis Ksila Fokslin va raketa quruvchi Jo Barnard balandligi 2,4 metr, og‘irligi 18 kilogrammli archani parvoz qildirishdi. Uchirish maydonchasi Kaliforniyadagi Moxave cho‘li bo‘ldi.
Avvaliga archa 300 ta har xil o‘yinchoqlar bilan bezatildi. So‘ng unga parashyut biriktirildi. Parvozga yo‘llangan archa to‘g‘ri uchdi, lekin biroz vaqt o‘tgach yon tomonga og‘di. Shunga qaramay parvozni muvaffaqiyatli kechdi, deyish mumkin. Zero, archa o‘zi uchadigan buyum emas-ku.
Archaning parvozi Insta360 X3 kamerasi orqali suratga olindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter