Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xavfli asteroidlarni qo‘lga tushiradigan radar

Xavfli asteroidlarni qo‘lga tushiradigan radar

Foto: "3dnews.ru"

Xitoyda Yer uchun xavfli sanalmish asteroidlarni aniqlaydigan 20 dan ortiq radarlar o‘rnatilmoqda. Ushbu loyiha bilan Pekin texnologiya instituti shug‘ullanyapti.

Radarlar asteroidlarni qo‘lga tushirish bilan kifoyalanmay ularning sayyoramiz uchun xavfini ham ochiq ko‘rsatib beradi.

Hozircha 2 ta antenna mamlakat janubidagi Chunsin shahriga o‘rnatildi. Sinovlar yakunlangach, sentyabrdan eksplutatsiya boshlanadi. Unda diametri 25-30 metrli radarlardan foydalaniladi.

Loyiha asosan asteroidlar shakllanishini o‘rganadi. Shuningdek, sun’iy yo‘ldoshlar va kosmik chiqindilar ustida ham tadqiqotlar olib boradi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring