Toshkent shahridagi Amiti universitetida “Graduate Recruitment” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Konferensiya davomida bitiruvchilar mukofotida ishtirok etayotgan kompaniyalarning eng yaxshi amaliyotlari haqida umumiy muhokamalar olib borildi.
Undan tashqari ta’lim sifatini oshirish, bitiruvchilarni ish beruvchilarning vazifalariga moslashtirish va turli sohalarning samaradorligini oshirish, muammolarini hal qilish doirasida eng yirik kompaniyalar tomonidan maktablar va universitetlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishda qo‘llaniladigan zamonaviy yondashuvlar boʻyicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Panel muhokamasida 4 nafar yetakchi universitet rektorlari ham ishtirok etdilar.
Ushbu konferensiya Amiti universiteti bilan nafaqat tajriba almashish, balki universitetlar va ish beruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi.
Manba: mitc.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter