Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suv osti internet kabellari zilzilani oldindan sezadi

Suv osti internet kabellari zilzilani oldindan sezadi

Foto: "Naukatv.ru"

Atlantika okeani tubi bo‘ylab yotqizilgan internet kabellari sodir bo‘lishi kutilayotgan zilzilalarni oldindan bashorat qila oladi. Optik tolali kabellar okean tubi bo‘ylab uzoq qit’alarni bog‘laydi va xalqaro internet-trafikning aksariyati shu kabellar orqali o‘tadi.

Bu ishga Milliy fizika laboratoriyasi va Edinburg universiteti, “Google” va “Istituto Nazionale di Ricerca Metrologica” tadqiqotchilari guruhi birgalikda bosh-qosh bo‘ldilar. Ular dengiz tubini mavjud suv osti telekommunikatsiya infratuzilmasini o‘zgartirmagan holda minglab datchiklar bilan jihozlash mumkinligini isbotladilar.

Ixtiro suv osti infratuzilmasiga hech qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni talab qilmaydi. Seysmometrlarga asoslangan mavjud tarmoqlarda yangi usuldan foydalanish global zilzila monitoringi infratuzilmasini sezilarli darajada kengaytiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring