Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Robotda yurak yo‘q, lekin robot-yurak bor!

Robotda yurak yo‘q, lekin robot-yurak bor!

Foto: Hightech.fm

Massachusets texnologiya instituti muhandislari 3D usulda chop etish mumkin bo‘lgan robot-yurakni yaratdilar. Yumshoq va moslashuvchan model bemorning yuragi hajmi va shaklidan to‘liq nusxa ko‘chiradi.

Muhandislar 3D kompyuter modelini yaratish uchun bemor yuragining tibbiy tasvirlaridan foydalanadilar. Ular polimer asosidagi maxsus siyohlar yordamida tayyor modelni chop etadilar. Natijada yumshoq, moslashuvchan qobiq paydo bo‘ladi, uning aniq shakli bemorning yuragiga mos keladi.

Shifokorlar bemor uchun optimal davolashni tanlash uchun modeldan foydalanishlari mumkin. Misol uchun, aorta stenozini davolash uchun ular ushbu modelda implantatsiya qilinadigan klapanlarning qaysi biri ma’lum bir bemor uchun eng yaxshi ishlashini sinab ko‘rsa bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring