O‘zbekiston «Yandeks.Taksi»ning raqobat qoidalariga muvofiqligini tekshiradi
O‘zbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mamlakatdagi «Yandeks.Taksi» taksi xizmati agregatori ishini tekshirishni boshladi. Kompaniya O‘zbekistonda ushbu xizmatlar bozorida hukmronlik qilishga urinishda gumon qilinmoqda.
Qo‘mita 2022 yil oktyabr oyida mamlakatdagi taksi bozorini tahlil qilishni boshladi. Fevralda regulyator Yandex Go xizmati asoschilariga so‘rovlar yubordi. Xususan, ilovadan foydalanuvchilar (haydovchilar va mijozlar) soni, tranzaksiyalarning umumiy soni va yo‘lovchilar oqimi, xizmatlar aylanmasi hamda olingan komissiyalar miqdori va taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishni so‘radi.
«Yandeks.Taksi» O‘zbekistonda 2018 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter