Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahmadona mushukcha mashhur bo‘lib ketdi

Mahmadona mushukcha mashhur bo‘lib ketdi

Foto: Habr.com

data.ai kompaniyasi olib borgan tadqiqotga ko‘ra, gapingizni qaytarib turadigan mushukcha - Talking Tom & Friends oyiga 470 million foydalanuvchiga ega bo‘lib, eng mashhur mobil o‘yinga aylandi.

O‘yin 2010 yilda chiqqan. Asosiy qahramoni - mushukcha aytgan gapingizni qaytarib turishini yaxshi bilasiz. U ko‘pchilikka yoqib qoldi va juda tez tarqaldi. 20 ta seriya va 10 ta qahramonga yetdi. Shundan so‘ng u faol foydalanuvchilarga ega 100 ta mobil o‘yinlar safiga kiritildi.

Tadqiqotchilar 2013-2022-yillardagi eng ommabop o‘yinlar ro‘yxatini tuzishdi. Ma’lum bo‘lishicha, mahmadona mushukcha bironta yilda birinchilikni qo‘ldan boy bermagan.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring