Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koreyaning MOON Engineering kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi

Koreyaning MOON Engineering kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi

Foto: «Egov.uz»

2022-yil 19-aprel kuni Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazida MOON Engineering (Koreya Respublikasi) kompaniyasi bilan «Elektron hukumat tizimida ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini yaratish» loyihasi bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatishga shartnoma imzolash marosimi o‘tkazildi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi Koreya Respublikasining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasi bilan moliyaviy hamkorlikda «Elektron hukumat tizimida ma’lumotlarni qayta ishlash markazini yaratish» investitsiya loyihasini amalga oshirishning ustuvor chora-tadbirlari to‘g‘risida qaroriga asosan amalga oshirilmoqda.

MOON Engineering kompaniyasi 1990-yilda tashkil etilgan. U Koreya Respublikasining AKT bo‘yicha konsalting, loyihalash va qurilish sohasida yetakchi muhandislik kompaniyalaridan biri hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring