IT-maktablar uchun kompyuter texnikalari yetkazib berildi
Toshkent shahri, Qashqadaryo, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida yangi tashkil etilgan IT-maktablar uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan kompyuter texnikalari topshirildi.
Jumladan, Qashqadaryo viloyatida 2021/2022-o‘quv yilida faoliyat boshlagan 6 ta (Shahrisabz shahridagi 1-son, Kitob tumanidagi 1-son, Koson tumanidagi 9-son, Qarshi tumanidagi 65-son, Nishon tumanidagi 1-son, G‘uzor tumanidagi 14-son) maktablarga 96 ta kompyuter texnikalari yetkazildi.
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi 17-son, Paxtakor tumanidagi 8-son, Zafarobod tumanidagi 1-son, Zarbdor tumanidagi 26-son va G‘allaorol tumanidagi 25-son umumta’lim maktablariga, shuningdek, Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Boyovut tumanlaridagi Informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar 80 dona zamonaviy kompyuter texnikalari (monobloklar) va boshqa jihozlar bilan ta’minlandi.
Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi 291-son, Mirobod tumanidagi 56-son, Yakkasaroy tumanidagi 319-son, Chilonzor tumanidagi 131-son, Uchtepa tumanidagi 193-son va Olmazor tumanidagi 22-son maktablarga AKT vazirligi tomonidan 96 dona zamonaviy kompyuter texnikalari (monobloklar) vazirlikning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, «Telecom Innovations» qo‘shma korxonasi hamda «O‘zimpeksaloqa» MCHJ rahbar xodimlari tomonidan belgilangan tartibda maktab direktorlariga topshirildi.
Endilikda har bir maktab o‘quvchilariga informatika fani chuqurlashtirib o‘qitilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter