Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IT-huquq: Elektron hujjat qachon qabul qilingan hisoblanadi?

IT-huquq: Elektron hujjat qachon qabul qilingan hisoblanadi?

Foto: "Apintlcorp.com"

Savol: Elektron hujjat qachon qabul qilingan hisoblanadi?

Javob: "Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasida ushbu masala qayd etilgan.

Elektron hujjatni qabul qilib oluvchi tomonidan ko‘rsatilgan axborot tizimi orqali elektron manzil bo‘yicha elektron hujjat kelib tushgan vaqt elektron hujjat qabul qilib olingan vaqt deb hisoblanadi;

Elektron hujjat, agar elektron hujjatning qabul qilib olinishini ta’minlagan axborot tizimi hatto boshqa yerda joylashgan bo‘lsa ham, elektron hujjatni qabul qilib oluvchi turgan joyda qabul qilib olingan deb hisoblanadi.

Lekin qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lishi ham mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring