Ijtimoiy tarmoqlar qiymati 180 milliard dollarga tushishini bashorat qilishmoqda
Piper Sandler tahlilchisi Tom Chempionning yozishicha, aksiyalar narxining tushishi Snap harakatlaridan ko‘ra ko‘proq makroiqtisodiyot va butun sanoat bilan bog‘liq. Citi eksperti Ronald Jozining qayd etishicha, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning sekinlashishi global miqyosda Internet sektoridagi reklama savdosi natijalariga ta’sir qilishi mumkin. Uning qo‘shimcha qilishicha, Google, Twitter va Pinterest bu jarayondan eng ko‘p zarar ko‘radi.
Snap bosh direktori Evan Shpigelning aytishicha, kompaniya aprel oyida Snapchat auditoriyasi sonini oshirishga muvaffaq bo‘ldi, o‘sish kutilgan natijalardan oshib ketdi. Biroq, Snap daromad bo‘yicha prognozni bajara olmagani haqidagi e’londan so‘ng, aksiyalar narxi pasayishni boshladi.
Trade Desk aksiyalari 18%, fuboTV - 7,7%, Magnite - 10%, LiveRamp - 7,4%, Roku - 13%, Vizio - 5,5%, Omnicom - 6%, 4%, Interpublic - 4,9% ga tushdi.
Bloomberg‘ning yozishicha, Snap, Facebook va Google reklama daromadlari uchun raqobatlashadi. COVID-19 pandemiyasining ko‘p davrida gullab-yashnagan biznesga inflyasiya ta’sir ko‘rsatmoqda va bu kompaniyalarga og‘irlik qilmoqda. Ijtimoiy tarmoq egalari uchun muhim ustuvor vazifalardan biri foydalanuvchilar sonini ko‘paytirishdir. Fevral oyida Meta bozor qiymatining bir kunlik eng katta pasayishini e’lon qildi. Korporatsiya dunyodagi eng qimmat kompaniyalar o‘nligidan chiqib ketdi, uning o‘rnini NVIDIA egalladi.
Snap aksiyalari o‘tgan kuzdan beri pasayib, 81,4% ga tushgan. Tahlilchilarning qayd etishicha, qiymatning pasayishi bir muncha vaqt davom etadi. Ushbu fonda kompaniya yangi xodimlarni ishga olishni kamaytiradi va byudjetni qayta ko‘rib chiqishni e’lon qildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter