Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Honor Magic5 telefonlari Xitoyda taqdim etildi

Honor Magic5 telefonlari Xitoyda taqdim etildi

Foto: ithome.com

27 fevral kuni MWC 2023 ko‘rgazmasi doirasida Honor kompaniyasi o‘zining Magic5 seriyali flagman smartfonlarini taqdim etdi, shu kuni DxOMark mutaxassislari Magic5 Pro‘ni dunyodagi eng yaxshi kamerali telefon deb e’tirof etishdi. Endi Honor Magic5’ni ichki bozorda - Xitoyda taqdim etdi. Yevropadan farqli o‘laroq, Xitoyning Magic5 assortimenti ikkita emas, balki uchta model bilan ifodalanadi. Bundan tashqari, Xitoyda har bir modelning uchta versiyasi mavjud.

Honor Magic5 uchta xotira variantiga ega: 8/256 GB - 580 dollar, 12/256 GB - 650 dollar va 16/512 GB - 720 dollar. Magic5 Pro bir xil variantlarga ega, lekin narxlar, albatta, har xil: 8/256 GB - 750 dollar, 12/256 GB - 825 dollar, 16/512 GB - 895 dollar. Taqqoslash uchun: Yevropada 8 Gb tezkor va 256 Gb flesh-xotiraga ega Magic 5 uchun 900 yevro, 12 Gb tezkor va 512 Gb flesh-xotiraga ega Magic 5 Pro uchun esa 1200 yevro. Xarakteristikalar bo‘yicha farq yo‘q: Xitoyning Magic5 va Magic5 Pro Yevropa modellarini takrorlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring