GTA VI birinchi kunning o‘zidayoq bir milliard dollar foyda keltirishi mumkin
Noma’lum insayderlar yangi Grand Theft Auto o‘yini haqida asosiy tafsilotlarni oshkor qilishdi. Bu haqda IGN nashri xabar bermoqda.
GTA’ning keyingi qismiga ga oid ma’lumotlar dastlab Reddit’da paydo bo‘lgan, ammo ma’lumot moderatorlar tomonidan o‘chirilgan. Bir muncha vaqt o‘tgach, Google Docs’da ommaviy e’lon qilindi. Insayderning so‘zlariga ko‘ra, Rockstar GTA VI’ni 2022 yilning uchinchi choragida e’lon qiladi. Relizning aniq vaqti ham oshkor qilingan – u 2023 yil oxiriga rejalashtirilgan.
Xabarda aytilishicha, GTA yangi qismi uchun byudjet marketing xarajatlarini hisobga olmaganda 500 million dollarni tashkil qiladi. O‘yin RAGE dvigatelida yaratiladi. Prognozga ko‘ra, relizning birinchi kunida kompaniya o‘yin nusxalarini sotishdan bir milliard dollardan ko‘proq daromad olishni rejalashtirmoqda. Insayderlar, shuningdek, GTA VI qahramonlari va o‘yin jarayoni haqida batafsil ma’lumot berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘yinda uchta qahramon - Rikardo, Keysi va Rouz bo‘ladi. Harakatlar 2023 yilda Liberty State, Carcer City, Vice City va Cottonmouth shaharlarida bo‘lib o‘tadi. O‘yin dunyosi 140 kvadrat mildan ortiq bo‘lishi kutilmoqda va syujet chizig‘i 75 soat davom etadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter