Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi robot koinotda kosmonavtlarni qutqaradi

Endi robot koinotda kosmonavtlarni qutqaradi

Foto: "Habr.com"

Samaralik olimlar koinotda xavf ostida qolgan kosmonavtlarni qutqarish uchun robot tizimini ishlab chiqdilar.

Qutqaruv majmuasiga avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi, kuzatish moslamasi, kabelli elektromexanik buyum, nanosun’iy yo‘ldoshni ajratish moslamasi, manevr moslamasi va nanosun’iy yo‘ldoshning o‘zi kiradi.

Agar kosmonavt kosmik kema bilan aloqani yo‘qotsa, tizim avtomatik ravishda yoki kuzatuvchining buyrug‘i bilan “qutqaruv” tartibini ishga tushiradi.

Ammo uskunaning katta o‘lchamlari va og‘irligi kosmonavtga koinotda ishlashda ma’lum noqulayliklar tug‘diradi. Bundan tashqari, agar kosmonavt biror sabab bilan, masalan, xushini yo‘qotib stansiyaga o‘zi qaytib kela olmasa, bunday qurilmadan foydalana olmaydi.

Ixtiro patentlangan. Endi Roskosmosga taklif sifatida yuboriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring