Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi bankomatdan faqat pul emas, tilla ham chiqarib olishingiz mumkin

Endi bankomatdan faqat pul emas, tilla ham chiqarib olishingiz mumkin

Foto: Habr.com

Hindistondagi Haydarobod shahrida bankomatdan tilla chiqarib olish imkoniyati taqdim etildi. Bu Goldsikka kompaniyasining tashabbusi sanaladi. Moliyaviy va bank masalasidagi dasturiy ta’minot bilan OpenCube Technologies startapi shug‘ullanyapti.

Gold ATM apparati tunu kun ishlaydi. Tillani debet yoki kredit karta orqali olish mumkin. Qimmatbaho metalning narxi doimiy o‘zgaruvchi ayni vaqtda Hindistonda tillaga barchaning qo‘li yetadigan sharoit yaratilmoqda. Dekabr oyi mamlakatda 10 gramm tilla narxi 54,63 ming rupiy (662 dollardan ortiq) bo‘ldi.

Bankomatdan 24 karatli tillani 0,5 grammdan 100 grammgacha bo‘lgan miqdorda chiqarib olish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring