Bu xabarni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, zudlik bilan brauzeringizni yangilang! Aks holda...

Google Chrome brauzerida zudlik bilan yangilanishni talab qiluvchi CVE-2022-2856 xavfli xatolik topildi.
Google bu muammodan allaqachon xabardor bo‘lsada, biroq baruzerdagi kamchilik tafsilotlarini oshkor etmadi.
Eng yomoni esa Google Chrome nuqsonidan xakerlar ham xabar topishga ulgurdilar. "Otning o‘limi itning bayrami", deganlaridek, ular bu vaziyatdan o‘zlarining yovuz maqsadlari yo‘lida foydalanmoqdalar.
Agar xakerlik hujumlarining qurboniga aylanishni xohlamasangiz, hoziroq brauzeringizni yangilang!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter