Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ChatGPTning imkoniyatlari eng yaxshi brauzerlardan oshib ketdi

ChatGPTning imkoniyatlari eng yaxshi brauzerlardan oshib ketdi

Generativ SI platformalari rekord trafikni jalb qilishda davom etmoqda va ChatGPT oktyabr oyida butun dunyo bo‘ylab 3.7 milliard tashrif bilan yetakchilik qilmoqda.

Similarweb ma’lumotlariga ko‘ra, ChatGPT oyiga 17,2 foiz va yil davomida 115,9 foiz o‘sdi va oylik foydalanuvchilar bazasi taxminan 3,45 milliarga teng bo‘lgan Google Chrome kabi yetakchi brauzerlarni ortda qoldirdi. Bu o‘sish qisman ChatGPTning chat.openai.comdan  chatgpt.comga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lib, tahlilchilar fikricha, undan ham ko‘proq foydalanuvchilarni jalb qilgan.

Shu bilan birga, Perplexity oktabr oyida 90,8 million tashrifni qayd etdi, bu o‘tgan oyga nisbatan 25,5 foizga ko‘p, Google Gemini chatbotiga ChromeOS yangilanishi tufayli 291,6 million tashrif buyurildi. Anthropic Claude chatbot va Microsoft Copilot ham sezilarli o‘sishni qayd etdi, mos ravishda 84,1 million va 69,4 million tashrif buyurdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring