Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijon viloyatida «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida «TOP-100 o‘qituvchi»lar taqdirlanishdi (Foto)

Andijon viloyatida «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida «TOP-100 o‘qituvchi»lar taqdirlanishdi (Foto)

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, IT Park hamda «Dubai Future Foundation» hamkorligidagi  «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan umumta’lim maktablarining 100 nafar eng yaxshi «Informatika va axborot texnologiyalari» fani o‘qituvchilari har yili an’anaviy ravishda rag‘batlantirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida bir martalik mukofot puli bilan taqdirlanib kelinmoqda.

Joriy yilda IT ta’lim va loyihani rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun respublika miqyosida umumta’lim maktablarining 100 nafar eng yaxshi «Informatika va axborot texnologiyalari» fani o‘qituvchilari orasidan Andijon viloyatidan 11 nafar o‘qituvchilar ham mukofotga loyiq deb topildilar.

Shu munosabat bilan, «Andijon Digital City» texnoparkida  «1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni» arafasida Andijon viloyatidagi 11 nafar faol o‘qituvchi-murabbiylarni taqdirlash marosimi tashkil etildi. Vazirlikning hududiy boshqarmasi boshlig‘i Z.Samatov va viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i v.b. D.Turdiyevlar tomonidan ishtirokchilarga pul mablag‘lari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring