Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Alisa 5 yoshga to‘ldi

Alisa 5 yoshga to‘ldi

Foto: Threecaptcha.top

Ma’lumki, turli kompaniyalar o‘z ovozli yordamchilariga ega: Apple (Siri), Google (Google Assistant), Amazon (Alexa). Bugun ulardan biri "Yandeks.Alisa" loyihasi ishga tushganiga 5 yil bo‘ldi.

Mazkur neyrotarmoq sun’iy intellekt imkoniyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Uning qobiliyatlari bisyor: rus tilida ravon gapiradi, savollarga tezkor javob qaytaradi, bolalarga ertak aytib beradi, taksi chaqiradi, internet do‘konlardan narsa xarid qiladi, o‘yin o‘ynashda sherik bo‘ladi, kerakli musiqa va ma’lumotlarni topib beradi, aqlli uyni boshqaradi va hokazo.

Alisa yildan yilga takomillashib bormoqda. U "Yandeks.Stansiya", "Yandeks.TV", "Yandeks.Avto" platformalari negizida ham ishlay oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring