Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2022 yildagi eng ilg‘or texnologiyalar e’lon qilindi

2022 yildagi eng ilg‘or texnologiyalar e’lon qilindi

Mediasat.com

Massachusets texnologiya instituti (MIT) ekspertlari 2022 yilning eng ilg‘or texnologiyalari haqida aytib o‘tdi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berildi.

Yillik byulletenda olimlar tibbiyot, sun’iy intellekt, fizika, kimyo va fanning boshqa sohalaridagi eng trend texnologiyalarni sanab o‘tishdi. Mutaxassislar, birinchi navbatda, xavfsizlik parollarining asta-sekinlik bilan yo‘qolishini bashorat qilishdi: «Autentifikatsiyaning yangi shakllari nihoyat ulardan abadiy qutulish imkonini beradi». Mualliflarning ta’kidlashicha, kuzatuvning yaxshilanishi olimlarga COVID-19 virusi tarqalishini kuzatish, alomatlarni tezda aniqlash va yangi turlaridan ogohlantirish imkonini berdi.

Mualliflar uchinchi ilg‘or texnologiyani energiya saqlashning yangi usulini taqdim etishga tayyor bo‘lgan temir asosidagi yangi akkumulyator bilan bog‘lashdi. AlphaFold2 deb nomlangan neyrotarmoq yangi dorilarni tezroq ishlab chiqishga yordam beradigan vosita sifatida qayd etilgan. Bundan tashqari, mutaxassislar bezgakka qarshi yangi vaksinani aniqladilar, bu har yili yuz minglab odamlarning hayotini saqlab qoladi.

Eng yaxshi texnologiyalarning keyingi qatorida mualliflar kriptovalyuta mayningida energiya sarfini kamaytirishga yordam beradigan usulni tanlashdi, koronavirusning yangi shtammlariga qarshi Pfizer preparatini, yangi termoyadroviy reaktorlarni, sintetik ma’lumotlarga asoslangan sun’iy intellektni mustaqil o‘rganish usulini tanladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring