Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazir Huawei kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha prezidenti bilan uchrashdi

Vazir Huawei kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha prezidenti bilan uchrashdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Huawei kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha prezidenti Stiven Yi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv AKT akademiyasining mintaqadagi faoliyatining 10 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Huawei kompaniyasining ta’lim tashabbuslari asosida O‘zbekistonda AKT sohasidagi iste’dodlarni tayyorlash bo‘yicha muvaffaqiyatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda yosh avlodni ilg‘or texnologiyalarni o‘rganishga jalb qilish va mintaqa talabalari uchun yirik tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring