Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

STQ 18 “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

STQ 18 “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilish tasdiqlangan kun tartibiga muvofiq o‘tkazildi va joriy yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda 2025-yilga mo‘ljallangan tadbirlarni rejalashtirishga bag‘ishlandi. STQ 18 texnik qo‘mita raisi bugungi kunda erishilgan natijalar AKTda milliy standartlashtirish tizimini rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

Yig‘ilishda xalqaro standartlarni milliy standartlar sifatida qabul qilish, shuningdek, 2024-yilda yangi standartlarni ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ishlar yakunlari hamda 2025-yilga mo‘ljallangan standartlarni qabul qilish, ishlab chiqish, qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartirishlar kiritish rejasi loyihasi muhokama qilindi.

Hukumat tomonidan qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, yangi raqamli texnologiyalarning rivojlanish sur’atlari va ularning xalqaro standartlarga muvofiqligini inobatga olgan holda, barcha manfaatdor tizim korxonalariga 2025-yilgi standartlarni qabul qilish, ishlab chiqish, qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartirish kiritish reja loyihasi uchun xalqaro standartlarni qabul qilish bo‘yicha takliflar kiritish topshirildi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring