Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mobilograflar uchun eng yaxshi smartfon qaysi?

Mobilograflar uchun eng yaxshi smartfon qaysi?

Foto: Ixbt.com

Mutaxassislar Google Pixel 7a smartfonini 2023-yilda bozordagi eng yaxshi kameraga ega smartfon deb atashdi.

Sinovlarda to‘rt guruhga bo‘lingan 20 ta smartfondan foydalanilgan. Shundan so‘ng ovoz berish sahifasi yaratilib, unda foydalanuvchilar qaysi qurilmalarda olinganini bilmay turib, eng yaxshi deb o‘ylagan fotosuratlarni tanlashlari kerak edi. Har bir qurilmaga ball berildi. Sinov natijalariga ko‘ra, 1660 ball to‘plagan eng yaxshi kameraga ega gadjet sifatida Google Pixel 7a tanlandi.

Ro‘yxatning eng yaxshi uchtaligiga Google brendining boshqa qurilmalari – flagman Pixel 8 Pro va yig‘iladigan Pixel Fold qurilmasi kirdi. Birinchi o‘ntalikka OnePlus Open, Samsung Galaxy S23, Samsung Z Flip 5, iPhone 15 Pro, Vivo X90 Pro, Samsung Z Fold 5, Moto RAZR Plus kirdi.

Keyingi o‘rinlarda OnePlus 11, Asus ROG Phone 7, Asus Zenfone 10, Oppo Find X6 Pro, iPhone 15, Samsung Galaxy S23 Ultra, Fairphone 5, Nothing Phone 2, Xiaomi 13 Ultra, Sony Xperia 1V turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring