Yer yuzida qancha geymer bor?
DFC Intelligence tahliliy kompaniyasi Yer yuzidagi barcha geymerlar qanchaligini hisoblab chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, video o‘yinlar auditoriyasi 2023-yilda 3,7 milliard kishiga yetdi. Bu sayyora aholisining deyarli yarmiga to‘g‘ri keladi.
Ta’kidlash o‘rinliki, 3,7 milliard soniga qaysi qurilmada o‘ynashidan qat’i nazar barcha geymerlar kiritilgan. Ya’ni, ular umumiy ravishda kompyuter, o‘yin qurilmasi, smartfon, tetris kabilardan foydalanganlar.
Geymerlarning 10 foizi (300 mln atrofida) — professionallar. Ular o‘yinlarga juda ko‘p vaqt va mablag‘ ajratadilar, professional qurilmalardan foydalanadilar.
O‘yin kompyuterlari va qurilmalari egalari asosan Yevropa Ittifoqi va Shimoliy Amerikada yashaydi. Dunyo bo‘ylab geymerlar faqat ko‘payishi kutilmoqda. Lekin maxsus qurilmalarni ishlatmay, smartfondan o‘yin o‘ynashni afzal ko‘rayotganlar ham bisyor.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter