Dunyodagi eng kuchli neyrotarmoqlar aniqlandi
Data.ai (sobiq App Annie) tahlil kompaniyasi 2023-yilning eng kuchli generativ sun’iy intellektli ilovalarini aniqladi.
Generativ neyrotarmoqlarni baholash uchun Data.ai mutaxassislari Mobile Performance Score (MPS) deb nomlangan o‘z baholash tizimini ishlab chiqishdi. U ilovani yuklab olishlar va foydalanuvchilar soni, ularning faolligi va ilovaga qo‘ygan bahosini hisobga oladi. Ushbu ulkan ma’lumotlar bazasini tahlillash asosida har bir ilovaga toifalar bo‘yicha 1 dan 100 gacha ball qo‘yildi, so‘ngra o‘rtacha baho chiqarildi.
Kutilganidek, birinchi o‘rinda — ChatGPT chat-boti — 100 imkoniyatdan 99 ball!
Ikkinchi o‘rinda — virtual personajlarni generatsiyalovchi Character AI ilovasi. Uchinchi o‘rinni “Yandeks”ga qarashli Shedevrum servisi (rasm, video va matnlarni generatsiyalaydi) egalladi.
Shuningdek, kuchli beshlikka Ask AI hamda Question.AI servislari kirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter