Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DataVolt kompaniyasi Bosh ijrochi direktori bilan Yashil Datamarkaz qurish loyihasini jadallashtirish masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

DataVolt kompaniyasi Bosh ijrochi direktori bilan Yashil Datamarkaz qurish loyihasini jadallashtirish masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

Bugun, 5-sentyabr kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov DataVolt kompaniyasi Bosh ijrochi direktori Rajit Nanda bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda hamkorlik loyihalarining borishi hamda kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan ma’lumotlar markazini qurish loyihasi bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Dastlab “Yashil” ma’lumotlar markazlari loyihasi bo‘yicha qilinayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Shuningdek, kompaniya Bosh ijrochi direktori Vazirlik jamoasini joriy yilning 26-27-sentyabr kunlari AQShda bo‘lib o‘tadigan “Sun’iy intellekt” sammitiga taklif qildi. Mazkur sammit doirasida O‘zbekistonning IT salohiyatini dunyoning yirik IT kompaniyalariga namoyon qilish imkoniyati mavjudligi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, “ICTWeek 2024” AKT haftaligi doirasida DataVolt kompaniyasi tomonidan o‘tkaziladigan Sun’iy intellekt bo‘yicha panel sessiyada ishtirok etishga taklif etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring