Bokuda “PASHA Holding” tomonidan tashkil etilgan “INMerge Innovation Summit” boshlandi
Bu tadbir startaplar va investorlarni birlashtirish, hamkorlik va g‘oyalar almashinuvi uchun noyob imkoniyatlar yaratish orqali innovatsion ekotizimni rivojlantirishga qaratilgan. Sammit ishtirokchilar orasida innovatsiyalarni tezlashtirish uchun platforma vazifasini o‘tamoqda.
Ko‘rgazmada birinchi marta joriy yilning sentyabr oyida IT Park Uzbekistan va “Astana Hub” tashabbusi bilan tuzilgan “Central Asian Innovation Hubs” texnoparklar alyansi taqdim etildi. Ushbu alyans doirasida Markaziy Osiyodan sakkizta startap o‘z loyihalarini namoyish etdi va investorlar uchun pitchingda qatnashdi.
IT Park Uzbekistan bosh direktori Farhod Ibragimov: “Markaziy Osiyo mintaqasi texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida ulkan salohiyatga ega. Central Asian Innovation Hubs mintaqaning eng yaxshi startaplarini birlashtirish va ularga xalqaro resurslar hamda investitsiyalardan foydalanish imkoniyatini berish uchun tashkil etilgan.
Batafsil: https://digital.uz/news/view/24183/
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter