2023-yilning eng yaxshi smartfonlari — Lenta.ru talqini
Lenta.ru jurnalistlari 2023-yilning eng yaxshi smartfonlarini aniqlashdi. Qurilmalar ro‘yxati nashr saytida keltirilgan.
Mualliflar qurilmalarni bir nechta narx toifalariga ajratishdi.
10 ming rublgacha bo‘lgan arzon smartfonlar orasida eng yaxshilar sifatida Xiaomi Redmi 12C, Realme C51 va Tecno Spark 10C e’tirof etildi. Ferra.ru bosh muharriri Yevgeniy Xaritonovning aytishicha, bu devayslarning barchasi deyarli bir xil xususiyatlarga ega, biroq o‘ziga xosliklari ham bor. Masalan, Redmi 12C smartfoni — 50 megapikselli kamerasi, Realme C51 — kuchli protsessori, Tecno Spark 10C — tezkor quvvatlagichi bilan ajralib turadi.
Eng yaxshi smartfonlari (Lenta.ru talqini):
- 10 ming rublgacha ($110 atrofida) — Xiaomi Redmi 12C, Realme C51, Tecno Spark 10C
- 20 ming rublgacha ($215 atrofida)— Infinix Note 30, Xiaomi Redmi Note 12S
- 30 ming rublgacha ($325 atrofida)— Samsung Galaxy A34
- 40 ming rublgacha ($435 atrofida)— Samsung Galaxy A54
- 50 ming rublgacha ($540 atrofida)— OnePlus Nord 3
- 60 ming rublgacha ($650 atrofida)— Huawei P60
- 70 ming rublgacha ($760 atrofida)— Pixel 7 Pro
- 80 ming rublgacha ($870 atrofida)— Samsung Galaxy Z Flip5.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter