Yaponlar mushugi uchun qurgan uyda odam ham yashasa bo‘ladi

Uy Yaponiyaning qadimiy shaharlaridan biri Kamakurada joylashgan. U sotilmaydi, unda egalarining o‘zlari yashaydi - o‘ttiz yoshlardagi er-xotin ikkita mushugi bilan.
Ulkan daraxtdan iborat uy Kamakuraning tog‘li landshafti bilan uyg‘unlashgan. Dizaynning markaziy xususiyati spiral zinapoyadir. Mushuklarning harakatlanishini osonlashtiradi. Shuningdek, kun davomida uyga tabiiy yorug‘lik kirib turadi.
Uyning tartibi turli zonalarga bo‘linadi, ularning har biri muayyan maqsadga xizmat qiladi. Yotoqxona, mehmonxona, oshxona, ovqatlanish xonasi va hammom markaziy spiral zinapoya bo‘ylab joylashgan.
Ichki dizayndan tashqari tashqi ko‘rinish va obodonlashtirishga katta e’tibor berishdi. Bog‘ ikki hududga bo‘lingan: biri kirishga olib boradigan va yo‘lga qaragan, ikkinchisi yog‘och zinapoyali ayvon va sabzavot bog‘ini o‘z ichiga oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter