Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyaning nufuzli Tsukuba va Tokai universitetlari rahbariyati bilan hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi

Yaponiyaning nufuzli Tsukuba va Tokai universitetlari rahbariyati bilan hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari R. Karimjonov boshchiligidagi delegatsiyaning ayni kunlarda amalga oshirilayotgan xizmat safari doirasida Yaponiya Milliy universitetlar assotsiatsiyasi prezidenti hamda Tsukuba universiteti rektori Nagata Kyosuke bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida N. Kyosuke tomonidan O‘zbekistonda ta’lim yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar yuqori baholandi.

O‘z o‘rnida, vazir o‘rinbosari R. Karimjonov tomonidan yurtimizda ta’lim yo‘nalishida, xususan, raqamli ta’limni rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tashabbuslar hamda yaratilayotgan imkoniyatlar bo‘yicha ma’lumot berib o‘tildi.

Shuningdek, K. Nagata O‘zbekistonning ta’limdagi salohiyati va amalga oshirilayotgan islohotlarni inobatga olib, ikkitomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyorligini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun: Yaponiya Milliy universitetlar assotsiatsiyasi 86 ta milliy universitetni o‘z ichiga oladi.

Tashkil etilganidan beri a’zo universitetlar dunyoning eng yuqori darajasida ta’lim berish va tadqiqotlarni ilgari surish, muhim o‘quv fanlariga erishish va rivojlantirish, mamlakat bo‘ylab oliy ta’lim uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash va global inson resurslarini rivojlantirishda faol rol o‘ynadi. A’zo universitetlarning umumiy 60 ming professor-o‘qituvchilari turli xil tadqiqotlar olib borishda 580 ming bakalavriat va magistratura talabalarining ta’limiga mas’ul hisoblanadi.

Bundan tashqari, Tokai Universiteti vitse-prezidenti Kazuxiko bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv avvalida Tokai universiteti tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar hamda ta’lim modeli haqida umumiy taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari R.Karimjonov tomonidan Tokai universiteti filialini O‘zbekistonda tashkil etish taklif qilindi. K. Xamamoto ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlshini bildirib, hamkorlikni yapon tili kurslarini hamda talabalar va professorlar almashinuv kurslarini tashkil etishdan boshlashni taklif qildi. Shuningdek, ushbu hamkorlik Tokai universitetining O‘zbekistonga kirib kelishi uchun muhim bosqich bo‘lishini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun: Tokai universiteti 1942-yilda tashkil etilgan xususiy universitet hisoblanib, universitet Sapporo, Takanava, Yoyogi, Shonan, Isehara, Shimizu va Kumamotodagi 7 ta kompus, 75 ta kafedra, 19 ta maktab va 17 ta aspiranturada 31 ta kursdan iborat. Talabalarning umumiy soni taxminan 28 500 ni tashkil etadi.

Tokai universiteti 39 mamlakatdagi 128 universitet va tashkilotlar o‘rtasida akademik almashinuv shartnomalarini tuzilgan. 2020-yil may oyi holatiga ko‘ra, kampusda 1 247 nafar xalqaro talabalar bor. Hozirda Tokai universitetining xorijda 6 ta vakolatxonasi (Daniya, AQSh, Avstriya, Janubiy Koreya, Tailand va Rossiya) mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring