Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya vaziri uch oylik maoshini qaytarib bermoqchi. Nima bo‘lgandi?

Yaponiya vaziri uch oylik maoshini qaytarib bermoqchi. Nima bo‘lgandi?

Vazir Taro Kono o‘zining raqamli kloni bilan suratga tushmoqda.

Foto: Gagadget

Yaponiya raqamlashtirish vaziri Taro Kono g‘ayriodatiy qarorga keldi. Yagona davlat guvohnomasi sanalgan plastik kartalar joriy etilishi kechikkanida o‘zini aybdor his etgan vazir uch oylik maoshini qaytarib berishga va’da berdi.

“Kunchiqar yurt” raqamlashtirish vazirining yillik maoshi — 29,4 mln iyena atrofida (taxminan $203 ming).

Yaponiyada yagona raqamli guvohnoma loyihasi 2016-yilda boshlangan. Ushbu hujjat davlat tibbiyot sug‘urtasi va haydovchilik guvohnomasi bilan birlashtirilishi rejalashtirilgan. Loyihaning kechikishi va shaxsiy ma’lumotlarning chiqib ketgani odamlarning noroziligiga sabab bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring