Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xodim o‘zidagi stressni klaviatura va sichqoncha orqali sezdirib qo‘yarkan

Xodim o‘zidagi stressni klaviatura va sichqoncha orqali sezdirib qo‘yarkan

Foto: Hi-tech.mail.ru

Shveysariyalik tadqiqotchilar ofis ishchilarining xatti-harakatlaridan stress darajasini aniqlash texnikasini o‘ylab topishdi. Bunda kompyuter sichqonchasi va klaviatura yordam berdi.

Tajribada 90 nafar ko‘ngilli qatnashdi. Ular laboratoriya sharoitida kuzatilib, ofis ishlarini bajarish topshirildi. Har birining klaviatura va sichqonchadan qanday foydalanishi kuzatib borildi va tahlil qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, stressdagi insonlar sichqonchaga ko‘p qo‘l yugurtiradilar, lekin noaniq harakatlantiradilar. Xotirjam odamlar esa kam ishlatadilar va qisqa yo‘nalishlarga olib boradilar. Yana bir alomat - ular shoshmay ishlaydilar.

Stressni boshdan kechirayotganlar matn terganda ko‘p xato qiladilar, so‘zlar orasida ortiqcha joy tashlaydilar. Chunki stress miyaning ma’lumotlar qabul qilish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa motorikada o‘zini namoyon qiladi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring