Xiaomining elektromobil biznesida omadi kuldi
Xiaomi smartfon bozoridagi qisqarish tufayli ikkinchi chorakdagi daromadining 4 foizga kamayganini xabar qildi. Lekin kompaniyaning elektromobillar sektoriga o‘tishi kutilganidan tezroq ketmoqda.
Xiaomining daromadi o‘tgan yilning shu davridagi 70,17 milliard yuandan 67,4 milliard yuan (9,2 milliard dollar)ga kamaydi. Shu bilan birga, sof daromad 147 foizga oshib, 5,14 milliard yuanga yetdi.
Qisqarayotgan smartfon bozoriga duch kelgan Xiaomi elektromobillar ishlab chiqarishda jadal rivojlanmoqda. Kompaniya kelgusi o‘n yil ichida avtomobil biznesiga 10 milliard dollar sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Xiaomi prezidenti Lu Veybin global iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, elektromobillar ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatlar dastlabki kutilganidan ham oshib ketganini ta’kidladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter