Xiaomi’dan smart eshik qulfi
Eng yangi Xiaomi aqlli eshik qulfi taqdim etildi, u foydalanuvchilarning yuzini tanib olishning 3D strukturasi bilan jihozlangan. Xiaomi Face Recognition Smart Door Lock bu Xiaomi Smart Door Lock X 2021’ning yangi versiyasidir.
Qurilma AMOLED ekran o‘rnatilgan. Eshik qulfini ochishning bir qancha boshqa imkoniyatlari mavjud. Bularga kalit, parol, barmoq izi yoki smartfon ilovasidan foydalanish kiradi.
Aqlli eshik qulfi qalinligi 40 dan 120 mm gacha bo‘lgan eshiklar uchun mos keladi va uning o‘lchamlari 473 x 185 x 105 mm. Xiaomi hali qurilmaning to‘liq texnik xususiyatlarini e’lon qilmagan, biroq ular avvalgisidan uzoq bo‘lmasligi kerak. Smart Door Lock X 6250 mA/soat sig‘imli akkumulyator oldi, bu 6 oyga yetarli.
Ushbu qurilmani 285 dollarga oldindan buyurtma qilish mumkin. Birinchi yetkazib berish 28 sentabrda amalga oshiriladi, shundan so‘ng Xitoyda narx 315 dollargacha ko‘tariladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter