Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislar uchun zo‘r yangilik!

Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislar uchun zo‘r yangilik!

Foto: IT Park

Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi (17.02.2024, 95-son).

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamlashtirish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori (01.02.2023, PQ–51-son) 1-bandida xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qish hamda ushbu sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish tartibi va ingliz tilida B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlar olish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibi joriy etilishi belgilab berilgan edi.

Shu maqsadda Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 1-martdan boshlab:

  • Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ushbu sertifikatlarni olish uchun sarf qilgan xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish tartibi belgilandi.
  • Shu bilan bir qatorda, ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibi belgilandi.
  • Bunda, yoshlar xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron tarzda ariza yuboradi.

Shuningdek, vakolatli organ tomonidan respublikada talab yuqori bo‘lgan xalqaro IT-sertifikatlar va ushbu sertifikatlarni taqdim etuvchi kompaniyalar ro‘yxati Global Knowledge kompaniyasi va boshqa xalqaro nufuzga ega tashkilotlar tomonidan har yili shakllantiriladigan xalqaro IT-sertifikatlar ro‘yxatidan kelib chiqib, ehtiyojlar o‘rgangan holda tasdiqlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring