Xakerlik hujumlari uchun yangi vosita paydo bo‘ldi
Pythonda yozilgan yangi FBot xakerlik vositasi veb-serverlar, kontentni boshqarish tizimlari, bulutli xizmatlar va SaaS platformalariga hujumlarda qo‘llaniladi.
Uning asosiy farqi keyingi spam-hujumlar uchun hisob ma’lumotlarini yig‘ish imkoniyatidir. Bundan tashqari, vosita PayPal va SaaS hisoblariga qarshi hujumlarni amalga oshirish imkonini beradi. Vazifasi bulut xizmatlarini buzish va hisob ma’lumotlarini o‘g‘irlashdan iborat. Shundan so‘ng, barcha login va parollar boshqa kiberjinoyatchilarga sotiladi.
AWS va Sendgrid uchun API kalitlarini, tasodifiy IP manzillarini yaratishga, shuningdek, IP skanerlarni ishga tushirishga va hatto elektron pochta manzillari yordamida PayPal hisoblarining haqiqiyligini tekshirishga qodir. U AWS uchun moslashtirilgan maxsus funksiyalarga ham ega: zararli dastur AWS Simple Email Service konfiguratsiyasini tekshirishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter