Xakerlar 15 mingta avtomobil hisobini o‘g‘irlab ketishdi va hozir ularni 2 dollarga sotishmoqda
Kasada kompaniyasining kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislari turli xil firibgarliklar uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan onlayn sotiladigan 15 000 ta avtomobil foydalanuvchi akkauntlarini aniqladilar.
10 000 ta akkaunt yirik Yevropa brendiga tegishli va ular Telegram orqali har bir akkaunt uchun 2 dollardan sotilmoqda. Shunisi e’tiborga loyiqki, avtotransport vositalarining identifikatsiya raqamlari hisoblar bilan birga taqdim etiladi. Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar bunday ma’lumotlarning sotilganini birinchi marta qayd etishdi.
Mobil ilovadan foydalangan holda avtomashinani o‘g‘irlash, o‘g‘irlangan transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish, avtokredit olishda firibgarlik, shuningdek, avtomobil egasining shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlash bo‘lishi mumkin. Chunki uning ismi, telefon raqami va uy manzili hisob bilan bog‘langan.
Avtomobil hisoblarini o‘g‘irlashning oldini olish uchun Kasada avtoulovchilarga ularning himoyasi haqida g‘amxo‘rlik qilishni taklif qiladi. Turli platformalarda bir xil paroldan foydalanmang va iloji bo‘lsa, ikki faktorli autentifikatsiyani yoqing.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter