Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Video tayyorlaydigan sun’iy intellekt Soradan endi hamma foydalanishi mumkin

Video tayyorlaydigan sun’iy intellekt Soradan endi hamma foydalanishi mumkin

Foto: Midjourney

ChatGPT ishlab chiquvchilari tomonidan video yaratishga mo‘ljallangan  sun’iy intellektdan 2024 yil oxirigacha hamma foydalanishi mumkin bo‘ladi.

OpenAI bosh texnologiya direktori Mira Muratining The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida ta’kidlashicha, Sora "bu yil" va balki "bir necha oy ichida" sotuvga chiqishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Sora ilk bor fevral oyida namoyish etilgan va katta shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. U matn so‘rovi asosida real video sahnalarini yaratishga qodir.

Dastlab, ushbu vositadan faqat vizual rassomlar, dizaynerlar va kino ijodkorlari foydalanishi mumkin edi, ammo bu Sora yordamida yaratilgan ba’zi videolarni turli platformalarda paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qilmadi.

Instrumentni ommaga taqdim etishdan tashqari, OpenAI "oxir-oqibat" audio qo‘shishni rejalashtirmoqda, bu esa tayyor videomateriallarni taqdim etadi.

Kompaniya shuningdek, foydalanuvchilarga Sora tomonidan yaratilgan videolar tarkibini tahrirlash imkoniyatini bermoqchi. "Biz ushbu texnologiyani yaratish va tahrirlash vositasi sifatida qanday ishlatishni aniqlashga harakat qilmoqdamiz", deydi Murati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring