Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vazirlik va vazirlikning tizim tashkilotlari o‘rtasida “UzQuiz” intellektual musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi

Vazirlik va vazirlikning tizim tashkilotlari o‘rtasida “UzQuiz” intellektual musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi

Joriy yilning 25-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda vazirlik tizim tashkilotlari o‘rtasida “UzQuiz” intellektual musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Ushbu musobaqa soha xodimlarining intellektual salohiyatini oshirish, jamoaviy ishlash madaniyatini rivojlantirish va do‘stona hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

Musobaqaning final o‘yinida jami 20 ga yaqin jamoa, 110 dan ortiq ishtirokchilar o‘z bilimlarini sinashdi.

Final o‘yini oldidan Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari O.Pekos so‘zga chiqib, barcha ishtirokchi jamoalarga omad tiladi.

Qizg‘in kurashlarga boy o‘yinda quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi: 

🥇TATU – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi

🥈Seniors – Raqamli texnologiyalar vazirligi jamoasi 

🥉 AIRI team – Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi 

🏆 Kubok sohibi - TATU 

Mavsum g‘olibi - IT DESANT (O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi jamoasi) 

Shu bilan birga, o‘yin ishtirokchilari turli xil lotoreya sovrinlarini ham qo‘lga kiritdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring