Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vaksina yuborishning muqobil usuli o‘ylab topildi

Vaksina yuborishning muqobil usuli o‘ylab topildi

Foto: Habr.com

Hozirda mushak ichiga in’yeksiya tanaga vaksina qilishning asosiy usuli bo‘lib qolmoqda. Bu tibbiy xodimlardan ma’lum darajada malakani talab qiladi. Shuningdek, bu qon tomirlarining shikastlanishi va in’yeksiya joyida infeksiya xavfini tug‘diradi. Shuning uchun olimlar emlashni amalga oshirishning muqobil usullarini izlamoqda.

Masalan, rossiyalik mutaxassislar preparatni tanaga teriga zarar bermasdan - soch follikulalari orqali yuborishni taklif qilishdi. Bu usul nafaqat xavfsiz, balki samaralidir. Chunki terida organizmni patogenlarning kirib kelishidan himoya qiluvchi ko‘plab immunitet tizimi hujayralari mavjud.

Tadqiqotchilar ushbu texnikani laboratoriya hayvonlarida sinab ko‘rishdi. Ikkita sichqonga bir xil vaksina yuborildi, ammo turli yo‘llar bilan - mushak ichiga in’yeksiya va yangi usul yordamida. Shundan so‘ng olimlar kemiruvchilar qonidagi antitanachalarni o‘lchashdi. Natijaga ko‘ra, yangi usul an’anaviy mushak ichiga in’yeksiyaga qaraganda ancha yaxshi.

Tajribada grippga qarshi emlashdan foydalanildi. Olimlar yangi usul orqali yana qanday turdagi vaksinalar bilan ishlash mumkinligini aniqlamoqchilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring