Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gollivud Ilon Mask haqida film suratga oladi

Gollivud Ilon Mask haqida film suratga oladi

Foto: Architectural Digest

SpaceX asoschisi va dunyoning eng kishisi Ilon Mask haqida Gollivud film-biografiya suratga oladi. Bu haqda Variety gazetasi xabar berdi.

Bayopik (film-biografiya)ni “Oskar” mukofoti nominanti, “Qora oqqush”, “Restler”, “Ona!”, “Kit” filmlari bilan mashhur rejissyor Darren Aronofski (“A24” kinostudiyasi) tomonidan suratga olinadi.

Film Uolter Ayzekson tomonidan yozilgan biografiyaga asoslanadi. Ma’lumot uchun: ushbu yozuvchining kitobi asosida Stiv Jobs haqida ham kino olingan.

Kino premerasi, aktyorlar va filmning nomi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring