UZINFOCOM va Datamine kompaniyasi o‘rtasida geologiyani raqamlashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
UZINFOCOM sanoatni raqamlashtirish departamenti xodimlari konchilik sanoati uchun texnologiyalarning yetakchi jahon yetkazib beruvchilaridan biri bo‘lgan Datamine kompaniyasi rahbariyati bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdilar.
Datamine Software geologik qidiruv, resurslarni modellashtirish, kon ishlarini rejalashtirish, ishlab chiqarishni boshqarish, logistika va marketing uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqishga ixtisoslashgan.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad aloqa o‘rnatish, UZINFOCOM faoliyatini taqdim etish, shuningdek, hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdan iborat edi.
O‘zbekistonda sohani modernizatsiya qilishda muhim qadam bo‘lishi mumkin bo‘lgan geologiyani raqamlashtirish konsepsiyasini ishlab chiqishda mumkin bo‘lgan hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar davomida tomonlar tajriba almashdilar va keyingi hamkorlik uchun asosiy yo‘nalishlarni belgilab oldilar.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter