Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Twitterda shaxsiy xabarlar mart oyi oxirigacha to‘liq shifrlanadi

Twitterda shaxsiy xabarlar mart oyi oxirigacha to‘liq shifrlanadi

Foto: Habr.com

Twitter shu oyda shaxsiy xabarlar almashinuvini shifrlashni yo‘lga qo‘ymoqchiligini e’lon qildi. Ushbu yangilik foydalanuvchilarga individual xabarlarga javob berish va istalgan emojilardan foydalanish imkoniyatini beradi, deb yozdi TechCrunch.

Mask shaxsiy xabar almashishni yaxshilash va xavfsizroq qilish istagini bir necha bor ta’kidlagan, ammo hozirgacha Twitter xodimlari platformadagi har qanday shaxsiy suhbat mazmunini o‘qishlari mumkin edi. Shifrlash aynan qanday amalga oshirilishi hozircha noma’lum. Shaxsiy yoki guruh chatlari uchunmi, standart platformaga yoki ixtiyoriy xususiyatga aylanadimi — aniq emas.

Jurnalistlarning eslatishicha, shifrlangan shaxsiy xabarlar Twitter uchun, umuman olganda, yangilik emas. Ijtimoiy tarmoq ular ustida ishlashni 2018-yilda boshlagan, biroq keyin o‘z tashabbusidan voz kechgan. O‘tgan yili ilova tadqiqotchisi Jeyn Manchun Vong platforma yangi rahbarlik ostida ushbu xususiyat ustida ishlashni davom ettirganligini ko‘rsatadigan yangi kodni ochgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring