Tilladan yasalgan ko‘zoynak parlanmaydi
Ko‘zoynak taquvchilar qishda biroz qiynaladilar. Chunki ko‘zoynakning oynasi darrov parlanib ketadi. Niqob taqqan yoki sharf bog‘lagan bo‘lsangiz, parlanish yanada kuchayadi. Olimlar ularga qulaylik yaratishning yo‘lini topishdi.
Shveysariya texnologiya instituti olimlari ko‘zoynak oynalarini oltin nanozarrachalari va titan oksididan yasashdi. U har qanday haroratda shaffofligini yo‘qotmaydi.
Endi esa muhandislar texnologiyani arzonlashtirish harakatidalar. Sezib turganingizdek, bu uchun oltinni boshqa metall bilan almashtirish kerak. Shundan so‘ng bemalol ommaviy ishlab chiqarishadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter