Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Termizda masofaviy IT-xizmatlar ko‘rsatuvchi yangi markaz ish boshladi (foto)

Termizda masofaviy IT-xizmatlar ko‘rsatuvchi yangi markaz ish boshladi (foto)

Foto: Digital.uz

Termiz shahrida Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda IT Park bilan hamkorlikda tashkil qilingan navbatdagi dasturiy xizmatlarni eksport qiluvchi va masofadan turib IT-xizmatlar ko‘rsatuvchi BPO markazining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.

Mazkur markazda masofaviy IT-xizmatlar ko‘rsatuvchi 3 ta kompaniya, xususan, “UniCall”, “Maab Innovation” va “Moonboys” kompaniyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ayni vaqtda ushbu kompaniyalarning Termiz shahridagi filiallarida 240 nafardan ortiq xodimlar, asosan yoshlar ish bilan ta’minlangan. Kompaniyalar kelgusida vohalik 1 ming nafar yoshni IT sohasida o‘qitib, yuqori daromadli kasb egalariga aylantirishni maqsad qilgan. Shuningdek, birgina “UniCall” kompaniyasi 2024-yilda 800 ming dollarlik dasturiy mahsulotlar va xizmatlar eksportini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, nuroniylar, soha mutasaddilari, IT Park rezidentlari, kompaniyalar vakillari hamda sohada ishlash va o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar ishtirok etishdi. Viloyat rahbari markaz faoliyatini samarali olib borish, kelgusida xizmatlar va mahsulotlar turlarini kengaytirish, ko‘proq yoshlarni ish bilan qamrab olish bo‘yicha tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, mazkur markazda faoliyat boshlagan kompaniya vakillari yoshlar bilan suhbat qilishib, o‘z ustida tinimsiz ishlagan har qanday yosh yuqori marralarni zabt etishga qodir bo‘lishi va iqtisodiy imkoniyatlari yaxshilanishi haqida fikrlar bildirib, yoshlarga o‘z tavsiya va takliflarini berishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring