Tayvan elchisi xitoyliklarning yarimo‘tkazgichlar bozoridagi muvaffaqiyatni “o‘g‘irlangan” dedi
Tayvanning Vashingtondagi elchisi yarimo‘tkazgichlar bozoridagi muvaffaqiyatni Xitoy “o‘g‘irlab olgani” haqida bayonot berdi.
“Ular qoidalarga rioya qilishmaydi, aldashadi, texnologiyani ko‘chirib olishadi”, — dedi elchi.
Chindan ham Xitoyning SMIC yarimo‘tkazgichlar texnogiganti TSMC texnologiyasini o‘g‘irlab ikki marta qo‘lga tushgan, ammo bu voqealar 2000-yillarning boshlarida sodir bo‘lgan.
Zamonaviy 5-7 nm texnojarayonlar shunchalik murakkabki, ularni o‘g‘irlash deyarli imkonsiz. Buning o‘rniga SMIC o‘z ishlanmalarini chiqarish uchun TSMC va Samsung Foundry mutaxassislarini yollamoqda.
Xitoyning AQShdagi elchisi o‘z mamlakati kompaniyalari qonunbuzarlik sodir etganini inkor etib, ablovga hech qanday asos yo‘q dedi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter